Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga «Toshkent — Moskva —​ Toshkent» charter reysi amalga oshiriladi

Ertaga «Toshkent — Moskva —​ Toshkent» charter reysi amalga oshiriladi

30-iyun kuni «Toshkent — Moskva —​ Toshkent» yo‘nalishida charter reys amalga oshiriladi.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Bugun «Seul – Tashkent – Seul» va «Toshkent – Istanbul – Toshkent» charter reyslari amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring