Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eski hammom, eski tos. O‘zbekistonda polietilen paketdan foydalanish kamaydimi?

Eski hammom, eski tos. O‘zbekistonda polietilen paketdan foydalanish kamaydimi?

Foto: Xabar.uz

Dunyoni ifloslantirayotgan asosiy chiqindi plastik ekanligi hech kimga sir emas. Uning qorishmalari va turlari 100 yildan 500 yilgacha yerda yotadi. Avlodlarimix arxeologik qazishmalarda 100 yildan keyin qadimiy yodgorliklar emas, ishlatilgan turli hil plastik va mahsulotlarni topib, bizning yerni ifloslantirishga qo‘shgan hissamizga albatta ijobiy baho berishmaydi.

Shu sababli Gruziya 2018 yil 1 oktyabrdan 15 mikrongacha bo‘lgan polietilen paketlarni ishlab chiqarilishini taqiqladi. Moldova 2019 yil yanvar oyidan polietilen paketlardan voz kechdi.

Yangi Zelandiyada 2019 yil iyul oyidan sellofan paketlardan foydalanish to‘xtatildi. Joriy yilning avgust oyidan boshlab Chili, Zimbabve, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Keniya ham polietilen paketlardan voz kechishdi.

O‘zbekistonda ham joriy yilning 1 yanvaridan boshlab yurtimizda polietilen paketlarni 40 mikrongacha ishlab chiqarish va import qilish, sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga paketlarni bepul taqdim etish, shuningdek, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qo‘shish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish taqiqlangan edi.

O‘zbekistonda polietilen paketlardan foydalanishning bir yillik ko‘rsatgichi 26,2 ming tonnani tashkil etadi. Ammo qabul qilingan qaror faqat supermarketlarda amalda bo‘lib, bozorlarda holat eski hammom eski tosligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring