Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropadan kami yo‘q: xizmatlar sifati belaruslik mehmonlarni hayratga soldi

Yevropadan kami yo‘q: xizmatlar sifati belaruslik mehmonlarni hayratga soldi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 20-sentyabr kuni Belarus Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari Igor Tushinskiy boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Delegatsiyani Namangan viloyati Davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ismoilov kutib oldi.

Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘’mon Muhammadiyev bilan birgalikda  mehmonlar davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi, Namagan misolida markazlarning faoliyati bilan tanishtirdi. Mazkur markaz zarur zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan eng katta va namunali Davlat xizmatlari markazlaridan sanaladi.

D. Ismoilov «yagona darcha» tamoyilini amalga oshirish, shuningdek, markazlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi afzalliklar haqida so‘zlab berdi. Delegatlarga elektron navbat tizimi, ba’zi davlat xizmatlarini olish jarayoni taqdimoti o‘tkazildi.

Tashrif buyuruvchilar qulayligi uchun markazda tashkil etilgan bolalar o‘yin maydonchasi hamda kafega ekskursiya o‘tkazildi. Shuningdek, «mobil» sayyor xizmatlar, bu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus texnika bilan jihozlangan avtobus va «Damas»  avtomobillar haqida ma’lumot berildi.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan hayratga tushgan belaruslik mehmonlar markazda hamma narsa eng yuqori darajada ekani, Yevropa standartlaridan kam joyi yo‘qligini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Namangan Davlat xizmatlari markazi sinov markazlardan biri bo‘lib, 100 yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu Namangan shahri aholisiga pasport beradigan va yangilaydigan yagona markazdir. Kuniga 800 dan ziyod fuqaroga xizmat ko‘rsatiladi.

Markaz binosida Prezident Xalq qabulxonasi, FHDYo bo‘linmasi, sug‘urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez yordam va bank filiallari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring