Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona safaridan qaytgan Ortiqova Buxoroga yo‘l oldi

Farg‘ona safaridan qaytgan Ortiqova Buxoroga yo‘l oldi

Foto: «Xabar.uz»

Bir hafta vodiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazgan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova «nafas rostlab» ulgurmay, Buxoroga yo‘l oldi.

Ketma-ket xizmat safarlarining mazmun-mohiyati aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish ekani ma’lum.

Foto: «Xabar.uz»

Kuydi-pishdi va cho‘rtkesarligi bilan OAV xodimlari o‘rtasida «Sinchalak» (A.Qahhorning shu nomdagi qissasi personaji) degan nom orttirgan Ortiqova kechaning o‘zida G‘ijduvon va Qorako‘l tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazdi. Shuningdek, orada vaqt va fursat topib, Buxoro shahridagi 32-mehribonlik uyida ham bo‘lib, tarbiyalanuvchilar bilan ko‘rishdi, dildan suhbatlashib, sovg‘alar ulashdi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Yana bir e’tiborli holat: manbamizga ko‘ra, S.Ortiqova o‘zi uchun tashkil etilgan alohida «bir piyola choy»ni rad etib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan tamaddi qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring