Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «fergana.uz»

Toshpo‘latov Farhodjon Murodovich Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan F.Toshpo‘latov 2013-yildan Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, Umarov Xalimjon Komilovich Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. X.Umarov 2006—2018-yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018-yildan shu kungacha Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bir oycha muqaddam Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring