Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona IIB hamshiraning kaltaklanishi sababini ma’lum qildi

Farg‘ona IIB hamshiraning kaltaklanishi sababini ma’lum qildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Joriy yil 28-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi 2-oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimi kaltaklangani ma’lum qilingandi.

Farg‘ona viloyati IIBning xabar berishicha, poliklinikada 47 yoshli U.A. va uning qizi 27 yoshli G.A.lar poliklinikada rentgen ko‘rigidan o‘tish vaqtida navbat talashib, hamshiralar 47 yoshli M.T. va 39 yoshli M.M.lar bilan o‘zaro janjallashib qolishgan.

Natijada U.A. qo‘llari bilan hamshira M.T.ning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, M.T. «yengil» tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring