Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi

Farg‘onada MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat Teatr-konsert saroyida Majburiy ijro byurosining tuman va shahar bo‘limlari inspektorlariga moped-skuterlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-torojlikning oldini olish, sud qarorlari va boshqa hujjatlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilyapti.

Marosimda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Murodxon Ahmedov hamda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdi.

Tadbirda 3 nafar byuro rahbariga xizmat avtomashinalari, barcha tuman va shahar byuro inspektorlariga zamonaviy moped ulov — skuter kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring