Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada shifokorni kaltaklab, pul talab qilgan uch o‘smir ushlandi

Farg‘onada shifokorni kaltaklab, pul talab qilgan uch o‘smir ushlandi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Farg‘ona shahrida joylashgan tug‘ruqxonalardan birida ishlab kelayotgan shifokor, akusher-ginekolog Farg‘ona shahar ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Uch nafar (bir qiz va ikki yigit) o‘smir go‘yoki uning ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini internet orqali ommaga xabar qilishini va uning o‘zini yo‘q qilib yuborishlarini aytib qo‘rqitgan. Bu ishlarni qilmasliklari uchun esa undan ko‘p miqdorda pul talab qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati «Daryo»ga xabar qildi.

Uni tungi soat 12 larda Rishton tumanidagi xilvat joyga olib borib, ham ruhan, ham jismonan azob berishgan. Shifokorni kaltaklab, uning yonidagi barcha moddiy boyliklarini olib, o‘zini esa Oltiariq tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasiga tashlab ketishgan.

Tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida bezorilar qo‘lga olindi va tortib olingan moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring