Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada tez yordam mashinalari «Metan»ga soatlab navbatda turibdi

Farg‘onada tez yordam mashinalari «Metan»ga soatlab navbatda turibdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona vildoyati Bag‘dod tumanida tez tibbiy yordam mashinalari «Metan»ga navbatda turgani haqida videoxabar tarqaldi.

Videomurojjat bilan chiqqan shaxs ikkita tumandagi (Bag‘dod, Rishton) tez tibbiy yordam mashinalari faqat bitta metan «zapravkasi»dan shartnoma asosida gaz quyishi haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, bemorlardan vaqtida yetib bora olmayotgani uchun uzr so‘ragan.

Farg‘ona viloyatidagi gaz «zapravkalari»da yana navbat boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, gaz bosimi 100 bo‘lib, navbat o‘rtacha 4 soatda yetib kelyapti. Noma’lum sabablarga ko‘ra, kecha shoxobchalar ko‘p joylarda ishlamagan.

Biz vaziyatni bilish maqsadida Bag‘dod tumanidagi tez tibbiy yordam hamshirasi bilan gaplashdik. Suhbatdoshimiz nomini ochiqlamaslik sharti bilan bizga ma’lumot berishga qaror qildi.

«Biz asosan Mirzaobod metan, Ulat metan, Kirkboldi metan zapravkalaridan gaz quyamiz. Yarim soat oldin ushbu uchta zapravka ishlamayotgani haqida ma’lum qilindi. Bizda 16 ta tez yordam brigadasidan 12 tasi gazda yuradi. Murojaatlarga vaqtiga yetib bora olmayapmiz. Faqat shahar va chekka hududdagi Damaslarga benzin o‘rnatilgan», — deydi biz bilan suhbatda u.

Tahririyatga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida gaz yo‘qligidan uy ichida -19 daraja sovuq bo‘lyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring