Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada UZINFOCOM bo‘linmasi ochildi

Farg‘onada UZINFOCOM bo‘linmasi ochildi

Bugun, 12 may kuni Farg‘ona shahrida TATU Farg‘ona filiali hududida UZINFOCOM Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Aytilishicha, 16 nafar mutaxassisdan iborat ikkinchi bo‘lim tashkil etildi. Ishning asosiy yo‘nalishi – raqamlashtirishni rivojlantirish va hududlarda aholining davlat xizmatlari va axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Ochilish marosimi davomida AKT vaziri UZINFOCOM xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, xodimlarning sifatli va samarali ishlashi uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish lozimligi ham ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring