Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada yoppasiga «tozalash»: sog‘liqni saqlash tizimida bir qator mansabdorlar ishdan olindi

Farg‘onada yoppasiga «tozalash»: sog‘liqni saqlash tizimida bir qator mansabdorlar ishdan olindi

Foto: «Asr.uz»

Farg‘ona viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida hududda o‘z vazifasini sustkashlik bilan bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlari ham borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati saytimizga ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi A.Nigmanova viloyatdagi barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida patronaj ishlari, tor soha mutaxassislari ko‘riklarini talab darajasida tashkil etmagani va berilgan topshiriqlarga yetarli darajada e’tibor qaratmagani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Qosimova, tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mas’ul xodimi M.Rahmonova hamda bolalar bo‘limi mas’ul xodimi M.G‘aniyeva tuman aholisini tibbiy patronaj ko‘rigi bilan qamrab olish ishlarini talab darajasida bajarmagani, tibbiyot bo‘yicha berilgan topshiriqlarni sust bajargani uchun vazifasidan ozod etildi.

Rishton tumanida 103 tez tibbiy yordam xizmati ishlarini talab darajasida tashkil etmagani, davlat rahbarining 2017-yil 30-martdagi selektor yig‘ilishda shoshilinch tibiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlamagani uchun tuman tibbiyot birlashmasi tez yordam bo‘limi mudiri M.Boltaboyev hamda bo‘lim mutasaddi xodimi D.Burxonova egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, viloyatda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Bog‘dod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Yu.Abdusattorov, Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Abdurahmonov, Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Mamajonov, Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. Tursunxo‘jayev, Oltiariq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Sh.Buzrukovning boshqaruvda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli aholining tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati talab darajasida ko‘rsatilmagan va natijada faoliyatda qator kamchiliklar kuzatilgan. Shu munosabat bilan ularning 3 oylik maoshi davlat hisobiga o‘tkazildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring