Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotoreportaj. Orolbo‘yiga sayohat yakuni

Fotoreportaj. Orolbo‘yiga sayohat yakuni

Foto: «Xabar.uz»

Yevropa ittifoqi moliyalashtirilayotgan «UzWaterAware» loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi hamda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi hamda tuman hokimliklari qo‘llovi va ishtirokida tashkil etilgan Orolbo‘yi hududi va Orol dengiziga sayohatimizning uchinchi kuni yana bir bor dengiz bo‘yiga bordik. Bu gal Orol bizni qadrdonlardek to‘lqinlanib kutib oldi.

Kutilmaganda (yomg‘ir yog‘magan bo‘lsa-da) osmonga kamalak yoyilgani esa barchamizni hayratga soldi.

Orolning hozirgi ahvoli, tarixi haqida yozishni hamda hududda yuz bergan vaziyatdan xulosa chiqarib, fojia asoratlaridan hudud foydasi uchun foydalanish yo‘llari o‘ylab topilayotgani va albatta suvdan tejab foydalanish haqida bong urishni ko‘nglimizga tugib Orol bilan xayrlashdik...

Kemalar qabristoni

Sayohatimiz bir paytlar port-shahar bo‘lgan, endi esa kemalar qabristoni joylashgan Mo‘ynoqda o‘z yakuniga yetdi.

Dengizdan keyin menga eng qattiq ta’sir qilgani ham aynan shu kemalar qabristoni bo‘ldi.

Zanglagan kemalar yonida turar ekanman, bir paytlar dengiz mavjlangan, suv jonivorlari yayrab yashagan, suv o‘tlari barq urib o‘sgan dengiz tubida ekanimni o‘ylab ko‘nglim buzildi.

Shunday qilib yurtimizning eng shimoliy hududiga qilgan safarimiz nihoyasiga yetdi. O‘ylashimcha, Orolbo‘yiga sayohat qilish, hududda turizmni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shish uchun yetarlicha sabablar bor.

Bu yerda dunyoning boshqa hech yerida uchramaydigan tabiat manzarasini, kanonlar, chinklar, qadimiy qabristonlar, saksovulzor, Mizdakxon tarixiy obidalar majmuasi, Mo‘ynoq o‘lkashunoslik muzeyi va eng asosiysi faxrimiz bo‘lmish Orolni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga muyassar bo‘lasiz.

Agar mening sayohat kundaligim kimdadir sayohatga ishtiyoq uyg‘otgan bo‘lsa, demak, safarim besamar ketmapti.

Dilfuza Sobirova

Toshkent-Nukus-Toshkent

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring