Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pasport olish va haydovchilik guvohnomasini almashtirish. Namangan tumani yangi davlat xizmatlari markazi nima bilan farqlanadi?

Pasport olish va haydovchilik guvohnomasini almashtirish. Namangan tumani yangi davlat xizmatlari markazi nima bilan farqlanadi?

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Namangan tumani aholisi davlat xizmatlarini o‘z ichiga eng yaxshi so‘ngi texnologik yechimlar va an’analarni mujassam etgan Markazda olish imkoniga ega bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

1 200 kvadrat metr maydonli binoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, hududiy adliya bo‘limi hamda Namangan tumani Davlat xizmatlari markazi joylashgan.

Markaz xodimlari tuman aholisiga tezkorlik, qulaylik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan 80 dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatishdan hamisha mamnun.

DXM o‘zidayoq FHDYo va Notariat organlari xizmatlarini va fuqarolik pasportini olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni mavjud. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan investorlar uchun esa alohida darchalar har doim huquqiy yordam berishga va zarur xizmatlari ko‘rsatishga tayyor.

Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi.

Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu yerda bolalar o‘yingohi, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, kutubxona hamda kafe ishlab turibdi. Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi dan foydalanish imkoniga ega.

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli aravacha va pandus o‘rnatilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring