Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV ogohlantiradi: yangi yil archasini bezashda ehtiyot bo‘ling

FVV ogohlantiradi: yangi yil archasini bezashda ehtiyot bo‘ling

Foto: «uz24.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Favquloda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda uni bemalol ko‘chirish mumkinligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish, uning pastki qismini paxta bilan qoplash, shuningdek, shamlar bilan bezatish aslo mumkin emas.

Mazkur qoidalar, tabiiyki, plastikdan yasalgan archalarga ham birdek taalluqli. Shuni unutmangki, plastikdan yasalgan archalar yonganida o‘zidan juda ham zararli moddalarni chiqaradi. Yonib turgan plastmassa tomchisi inson terisiga tushsa, hatto cho‘g‘ bo‘lgan ko‘mirdan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazishi mumkin.

Bayramdan keyin archani iloji boricha tezroq yig‘ib olish kerak. Plastikdan yasalgan archani keyingi bayramgacha xavfsizroq joyga olib qo‘yish, tabiiy archani esa uy ichidan olib chiqish maqsadga muvofiq. Sababi, qurigan daraxtda tez yonib ketish xavfi bor.

Elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlardan foydalanganda, albatta, sinchiklab tekshirish kerak. Birinchi navbatda, ularning izolyasiyasiga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, bunday turdagi o‘yinchoqlar tegishli sertifikatga ega ekaniga ishonch hosil qilish lozim. Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar inson salomatligiga xavf tug‘diradi.

Ko‘pchilik yangi yil bayramiga mushaklar va boshqa pirotexnika vositalarini xarid qilishni istaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, pirotexnika vositalaridan foydalanish nafaqat yong‘inni keltirib chiqaradi, balki og‘ir jarohatlarga ham sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring