Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyazov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyazov vafot etdi

G‘ayratdin Xo‘janiyazov.

O‘zbekiston Qahramoni, tarix fanlari nomzodi, professor G‘ayratdin Xo‘janiyazov vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.

G‘. Xo‘janiyazov 1948-yili Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan. 1972-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ning tarix fakultetini tugatgan.

Arxeolog G‘.Xo‘janiyazov 1980-yillardan buyon Qoraqalpog‘istondagi ko‘plab tarixiy hududlarda olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan.

U 2003-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2008-yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» jamoasi mashhur arxeologning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring