Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Gaz-ku o‘g‘irlanayotgan edi, endi elektrgayam chang solinyaptimi?!»

«Gaz-ku o‘g‘irlanayotgan edi, endi elektrgayam chang solinyaptimi?!»

«Gaz zapravka»larida tabiiy gaz o‘g‘irlanishi yangilik emas. Qo‘lga tushgani zararga qo‘shib, jarimasini ham to‘layapti. Talon-torojliklar miqdoriga qarab jinoiy javobgarlikka tortilayotganlari ham bor. Nima deysizki, shunday «zapravkalar»da  gazga qo‘shib, elektr ham o‘marilmoqda!  

Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi xodimlari tabiiy resurlarning «ham enidan, ham bo‘yidan» urib qolayotgan ana shunday shoxobchani aniqladi. Bu tumandagi «V.G. gaz-servis» MChJga qarashli «zapravka» bo‘lib chiqdi. Bu yerga o‘rnatilgan elektr hisoblagich nosoz holatda ekan. Holat bo‘yicha mutaxassislar tezda hisoblab berdi: yetkazilgan zarar miqdori 2 million 630 ming so‘mdan oshadi!

Aniqlanayotgan boshqa talon-torojliklar oldida ayni miqdor ko‘pday tuyulmas. Biroq Ulug‘nor — Andijonning chekka hududi hisoblanib, ajratilayotgan tabiiy resurslar aholi ehtiyojini to‘la qoplaydi deyish qiyin. Bori ham oddiy fuqarolar emas, damiga osh pishadigan «zapravka»chilar tomonidan bu tarzda o‘g‘rilanishini hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring