Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Global ochlik indeksi e’lon qilindi — ahvol yomon!

Global ochlik indeksi e’lon qilindi — ahvol yomon!

Afg‘on bolalari.

Foto: «CA-IR NEWS»

«Concern Worldwide» va «Welthungerhilfe» nohukumat tashkilotlari an’anaviy Global ochlik indeksi (GHI)ni e’lon qildi. Indeksga 177 mamlakat (Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, Singapur kabi mamlakatlardan tashqari) kiritilgan.

Mamlakatlar aholisining to‘yib ovqatlanmasligi (kaloriyaning pastligi), bolalar o‘rtasidagi ozg‘inlik (bo‘yiga nisbatan yengil vazni), bolalarning bo‘yi o‘smay qolgani va ular o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichlari indeksni tuzishda asos qilib olinadi.

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 10.7 foiz ko‘rsatkich bilan 177 mamlakat orasida 48-o‘rinni band etdi. Indeksdagi qo‘shnilarimiz: bizdan tepada — Jazoir (10.3) va Iordaniya (10.5), bizdan pastda — Surinam (10.8) va Ekvador (11.3).

MDH va bizga «yaqin» mamlakatlar: Turkiya, Ukraina, Belarus va Boltiqbo‘yi respublikalari — 1-o‘rinda (< 5 балл, izoh: natijalari teng mamlakatlar bir xil pozitsiyada), Qozog‘iston — 20-o‘rinda (5.5), Rossiya — 22-o‘rinda (5.8), Xitoy — 25, Ozarbayjon — 29, Armaniston — 30, Qirg‘iziston — 35, Gruziya — 40, Turkmaniston — 54-o‘rinda.

Xullas, O‘zbekiston Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida oxirgi o‘rinlarda!

Dunyoda ochlik azobidan eng ko‘p qiynalayotgan mamlakatlar 10 taligida asosan Afrika mamlakatlari, Gaiti, Yaman va Afg‘oniston joylashgan:

  1. Markaziy Afrika Respublikasi (53.6)
  2. Yaman (45.9)
  3. Chad (44.2)
  4. Madagaskar (41.5)
  5. Zambiya (38.1)
  6. Liberiya (34.9)
  7. Gaiti (34.7)
  8. Sharqiy Timor (34.5)
  9. Zimbabve (34.4)
  10. Afg‘oniston (33.8).      
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring