Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘oliblar yaxshigina pul bilan mukofotlandi

G‘oliblar yaxshigina pul bilan mukofotlandi

Foto: «Xabar.uz»

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda AOKA hamkorligida «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida «Eng yaxshi ijtimoiy rolik», «Eng yaxshi she’r ijrosi» (videomaterial shaklida) hamda «Eng yaxshi fotosuratlar» nominatsiyalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 715 nafar ishtirokchi qatnashib, «Eng yaxshi ijtimoiy rolik» nominatsiyasi bo‘yicha 265 nafar ishtirokchidan 310 ta, «Eng yaxshi she’r ijrosi» (videomaterial shaklida) nominatsiyasi bo‘yicha 153 nafar ishtirokchidan 188 ta, «Eng yaxshi fotosuratlar» nominatsiyasi bo‘yicha 297 nafar ishtirokchidan 2500 ta, jami 2998 ta ijodiy ish kelib tushgan.

«Eng yaxshi she’r ijrosi» (videomaterial shaklida) nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Jarbosinova Aqmaral (20 mln. so‘m)

2-o‘rin: Yo‘ldosheva Zebo, Yahyoyeva Umida (10 mln. so‘m)

3-o‘rin: Rahmonaliyeva Zeboxon, Mamatkarimova Muattar, Umurzoqova E’zoza va Begimova Malika (5 mln. so‘m)

«Eng yaxshi ijtimoiy rolik» nominatsiyasi bo‘yicha:

2-o‘rin: To‘xtayev Akmal (20 mln. so‘m)

3-o‘rin: Abdurashidov Komiljon, Atabayev Baxtiyor (10 mln. so‘m)

«Eng yaxshi fotosuratlar» nominatsiyasi bo‘yicha:

2-o‘rin: Qo‘zimurodov Jonibek (10 mln. so‘m)

3-o‘rin: Esonov Abror, Jo‘rayev Bahrom, Vohidov Sirojiddin (5 mln. so‘m)

«Eng yaxshi ijtimoiy rolik» va «Eng yaxshi fotosuratlar» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa munosib nomzodlar aniqlanmagan deb hisoblanib, bu o‘rinlar ochiq qoldirildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring