Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gorbachyov nega pitssani reklama qilgan? (video)

Gorbachyov nega pitssani reklama qilgan? (video)

Reklama roligidan skrinshot

Sobiq ittifoqning birinchi va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov o‘z jamg‘armasi faoliyati uchun pul ishlash maqsadida Amerikaning «Pizza Hut» pitssa tarmoqlari reklamasida suratga tushishga majbur bo‘lgan. Bu haqda «Foreign Policy» jurnali Gorbachyovning biografi Uilyam Taubmanga asoslanib xabar berdi.

Amxerstdagi Massachusets universiteti siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Pol Masgreyv reklama roligi tarixidan hikoya qiladi. Uning aytishicha, Gorbachyov 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, uning jamg‘armasi pulsiz qoladi. Ma’ruzalardan tushgan gonorarlar fond faoliyatiga yetmas, oshirilgan prezidentlik pensiyasi giperinflyasiyadan so‘ng oyiga to‘rt ming rubldan (1991-yilgi narx-navo) ikki ming dollargacha (1994-yilgi narx-navo) kamayib ketgandi.

1990-yilda bozorga kirib kelgan Amerika pitssalar tarmog‘i Rossiya bozoridan raqiblarini siqib chiqarish uchun reklamachilarga keng ko‘lamli reklama kampaniyasiga buyurtma beradi. Kompaniya yuzi sifatida Gorbachyovni tanlashadi.

Masgreyv ma’lumot keltirishicha, sobiq SSSR rahbari uzoq ikkilanishdan so‘ng, nihoyat reklamada suratga tushishga ko‘nadi. Siyosatchi rolik ssenariysining yakuniy talqinini tasdiqlash huquqini o‘zida saqlab qoladi, qolaversa, kadrda pitssa yeyish taklifini uzil-kesil rad etadi.

O‘sha reklama roligida Gorbachyov bilan nevarasi Anastasiya suratga tushgan. Sobiq ittifoq prezidenti qancha gonorar olgani sir tutilgan. Ammo maqola muallifining aytishicha, 2019-yilgi narxlarga o‘girganda, reklamasi uchun Gorbachyovga bir million dollar atrofida to‘lab berishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring