Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: «gazeta.uz»

Bugun, 18-oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi saytida xabar berildi.

Sirdaryo viloyati hokimi qaroriga asosan, Guliston tuman hokimi Abdumavlon Ibodullayev o‘z lavozimidan ozod etilib, Shavkat Alibekovich G‘afurov Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.G‘afurov 1965-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012-yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring