Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi

Foto: «Versiya.Info»

Gulnora Karimovaning Shveysariyada Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 rusumli avtomobillari bo‘lgan. Ularning umumiy narxi 1 mln. frankka (qariyb 1 mln. AQSh dollari) baholanmoqda.

Ushbu avtomobillarning kalitlari 2013-yildayoq konfiskatsiya qilingan. Ammo hamon Gulnora tomonidan 2009-yilda 18,2 mln. frankka sotib olingan Kolonidagi hovlisi hududida qolmoqda.

Qayd etish kerakki, Gulnora Karimova 2008 yili O‘zbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013-yili u diplomatik immunitetdan mahrum bo‘ladi va Shveysariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni o‘zlashtirish aybi bilan jinoiy ish ochadi. Natijada uning Shveysariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln. frank muzlatib qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring