Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» markazidan hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Kavkaz hududidan kirgan antitsiklon yurtimiz ustida asta-sekin harakat qilmoqda va bu O‘zbekiston shimoliga o‘z ta’siri ko‘rsatmoqda.

Dushanba tongida Samarqand viloyatining tekislik hududlarida 1-4 sm qalinlikda qor qoplami hosil bo‘ldi.

Bugun esa mamlakatimiz bo‘ylab yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

21-22-yanvar kunlari sovuq havo oqimi yurtimiz hududlarini qamrab oladi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tungi harorat 3-5 daraja sovuqqacha, shimoliy hududlarda 8 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

23-yanvarda sovuq antitsiklon sharqqa harakatlanadi, O‘zbekiston hududining katta qismi Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Bunda esa ob-havoning ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-9 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Tungi harorat esa yuqorida ko‘rsatilgandek saqlanib turadi.

24-25-yanvarda g‘arbiy antitsiklon kirishi kutilmoqda. Iliq janubiy oqimlarning saqlanib turishi hisobiga mamlakatimiz hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi. Shu kunlarda havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, bu ko‘rsatkichlar yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yorlarga yaqindir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring