Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami bo‘ladi

Har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

«Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (122-son, 05.03.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-aprelgacha quyidagilar ishlab chiqilib, joriy etiladi:

  • har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi ko‘rsatilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasi;
  • ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;

fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi.

2021-yil  1-apreldan:

  • Davlat xizmatlari agentligining «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga vasiylikka va homiylikka olingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali taqdim etiladi;
  • davlat va nodavlat umumta’lim tashkilotlariga o‘quvchini o‘qishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar, shuningdek O‘zbekistondagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba(o‘quvchi)larini  o‘qishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar ushbu ta’lim tashkilotlarining tegishli buyruqlari va boshqa hujjatlar faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi va rasmiylashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam hamda kompensatsiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining «Yagona reyestr» ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring