Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan o‘tkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayapti»

Shavkat Mirziyoyev «Har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan o‘tkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayapti»

Shavkat Mirziyoyev

Onalar va go‘daklar o‘limi qayd etilayotgani, nogiron bolalar tug‘ilayotgani – xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning mutlaqo qoniqarsiz ekanini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni o‘tkazilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi

Yig‘ilishda davlat rahbari har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan o‘tkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayotganini tanqid qilgan. Shu bois oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida «ayollar maslahatxonalari» tashkil etilishi belgilandi. Respublika komissiyasi va 7 ta ishchi guruh tashkil etilib, bu boradagi ishlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi.

Avvalroq mazkur yig‘ilishda o‘tgan yillar mobaynida xotin-qizlar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha samarali mexanizm yaratilmagani alohida ta’kidlangan. Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‘ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo‘yicha samarali faoliyat olib bormagani, buning oqibatida joylarda ko‘plab masalalar to‘planib qolgan, ularning yechimi bo‘yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagani aytilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko‘mak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha e’tibor berilmaganini tanqid qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring