Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar bugun uyga kuzatildi. Qo‘mondan ulardan ziyofat uyushtirmaslikni so‘radi (foto)

Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar bugun uyga kuzatildi. Qo‘mondan ulardan ziyofat uyushtirmaslikni so‘radi (foto)

Bugun, 27 mart kuni Markaziy harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlarni o‘z uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Aslida askarlarni uylariga kuzatish tadbirlari 20 martdan 10 aprel kuniga qadar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Xavfli infeksiya sabab, faqat bir kun 27 mart kuni Respublikamizning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab maxsus reyslar yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda okrug qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov, harbiy qism shaxsiy tarkibi, Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida bir yillik xizmatni o‘tgan jami 280 nafar askarga oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berildi. Ulardan 40 nafari o‘z istagiga ko‘ra, shartnoma asosida harbiy xizmatga qoldi. Yangi tashkil etilgan Sport vzvodida xizmat qilgan 10 ga yaqin sportchi askarlar okrug hamda mudofaa vazirligi nomidan Xalqaro toifadagi sport musobaqalarida qatnashib, sovrindor bo‘ldi.

Okrug qo‘mondonligi o‘z oilasi bag‘riga qaytayotgan askarlardan mahalla-kuy va yaqinlar oldida ziyofat uyushtirmaslikni so‘radi.

Muddatli harbiy xizmatchilar maxsus reys bilan bugun tunda, qa’tiy nazorat ostida Samarqand-Toshkent-Anjidon hamda Buxoro-Nukus yo‘nalishida o‘z uylariga kuzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring