Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havo keskin isib ketgani uchun poyezdlar harakat jadvali o‘zgaradi —  «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Havo keskin isib ketgani uchun poyezdlar harakat jadvali o‘zgaradi —  «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Foto: Xabar.uz

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qilishicha, bugun, 26-iyun kuni ayrim yo‘nalishlardagi poyezdlar manziliga kechroq yetib boradi.

Xususan, Toshkent–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 10-sonli Sharq poyezdi, Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli, Buxoro–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 769 hamda 769 sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlari, Xiva-Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan 656-sonli, Xiva–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 50-sonli hamda Toshkent–Qo‘ng‘irot yo‘nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo‘lovchi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan kechikib borishi kuzatilmoqda.

Yetkazilgan noqulaylik uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring