Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimiyat aytmasa ham xayriya yordamlarini qilayotgandik — Tadbirkor

Hokimiyat aytmasa ham xayriya yordamlarini qilayotgandik — Tadbirkor

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan «UzTex» korxonasi «Temir daftar»ga kiritilgan 100 ta oilani o‘z qaramog‘iga olgan. Shuningdek, Norin tumanida ham korxona filiali joylashgan bo‘lib, bu yerda ham 100 ta xonadonga yordam berib kelinmoqda. Korxona boshqaruvchisi Odiljon Jo‘rayev xayriya ishlarini boshlashga nima sabab bo‘lganini so‘zlab berdi.

— Koronavirus pandemiyasi yurtimizga kirib kelib, ko‘pchilik xonadonlar qiyin ahvolga tushib qolgandayoq o‘z ixtiyorimiz bilan yordam berishni boshlab yuborgan edik. Mart oyidan boshlab har kuni ikkita bo‘rdoqi qo‘chqor so‘yib, aholiga tarqatdik. Kuniga 50 ta xonadonga 2 kilogrammdan go‘sht berilardi.

Keyinchalik «Sahovat va ko‘mak» dasturi asosida, aholining muhtoj qatlami aniqlanib, yordam berila boshlagandan so‘ng olib borayotgan ishimizni hokimiyat bilan muvofiqlashtirdik. Ya’ni, biz hokimiyat aytmasa ham xayriya ishlarini boshlab yuborgandik. Hozirda ham korxona qaramog‘idagi oilalarga 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilyapti, — deydi Odiljon Jo‘rayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring