Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislik qiladi

Hokimlar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislik qiladi

Toshkent shahar va barcha viloyat hokimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining raislari deb belgilandi. Bu kengashlarning qarorlari davlat va jamoat tashkilotlari uchun majburiy. Kengash majlislarida rais hal qiluvchi ovozga ega. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Agentlik vakili hududiy kengash a’zolarining tasdiqlangan namunaviy tarkibida xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashlari raislari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarning raisi sifatida ko‘rsatilganini bildirgan. Shu sababli ta’sis majlislarida mahalliy kengashlarning rahbarlari hisoblangan viloyat hokimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashda ham rais sifatida tanishtirilgan. Shuningdek, ushbu namunaviy tarkibga vazirlik va idoralarning hududiy boshqarma boshliqlari, nodavlat notijorat tashkiloti, OAV vakillari, tadbirkorlar va fahriylar ham kiritilgan.

Agentlik rasmiysi, shuningdek, kelgusida hokimlar mahalliy Kengash raisligidan chiqarib yuborilishi nazarda tutilganini bildirdi. Shundan so‘ng, mahalliy kengash raisligiga kelgan shaxs Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashiga ham raisi etib tasdiqlanadi.

Hududiy kengash raislari kengash faoliyatiga va majlislariga rahbarlik qiladi, kengash kun tartibi va ish rejalarini tasdiqlaydi hamda hududiy kengash majlislarida hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining raisi etib Senat raisi Tanzila Norboyeva, uning o‘rinbosari sifatida Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov tasdiqlangan. Bundan tashqari, Milliy Kengash tarkibidan deyarli barcha vazirlar va davlat tashkilotlarining rahbarlari o‘rin olgan.

Aynan ushbu farmon asosida tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organi etib belgilanib, unga kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etish vazifasi yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring