Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlikdan olingan Abdumo‘min Jo‘rayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Hokimlikdan olingan Abdumo‘min Jo‘rayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Foto: «Kun.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi Abdumo‘min Jo‘rayevning senatorlik vakolati shu yilning 18-yanvaridan tugatildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayevning xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin, deyiladi Markaziy saylov komissiyasi qarorida.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati va Payariq tumani Kengashlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min Jo‘rayev o‘z arizasiga ko‘ra, Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring