Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hozirning o‘zida qanday qilib donorlik yordamini ko‘rsatish mumkin?

Hozirning o‘zida qanday qilib donorlik yordamini ko‘rsatish mumkin?

Boshqalarga ko‘mak berish ishtiyoqida bo‘lgan ko‘plab fuqarolar vujudga kelgan vaziyat tufayli muvofiq tashkilotlarga yetib bora olmaydilar.

«Saxiy Qahramon» aksiyasi boshqalar salomatligi uchun o‘z qoni bilan bo‘lishish istagida bo‘lganlarga axborot ko‘magini bermoqda. Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar joylashuviga asosan Toshkent bo‘ylab Respublika qon quyish markazining ko‘chma laboratoriyalarning yo‘nalishi shakllanmoqda.

Donorlar qatoriga qo‘shilish uchun o‘zingiz bilan pasport bo‘lishi kerak va qator tibbiy mezonlarga mos kelishingiz lozim (tafsilotlar aksiya sahifasida). Keyingi hafta ko‘chma qon olish punktlari Toshkentning ikki manzilida tashkil qilinadi:

— 11.05.2020 Mirobod tumani, “MAGNIT” supermarketi, Risoviy bozori, soat 9:30 dan;

—15.05.2020 Mirzo Ulug‘bek tumani, Ecobozor (mo‘ljal: Chimyon bekati), soat 9:00 dan.

Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, mazkur havola orqali aksiya sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring