Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat ko‘nmasa, Davlat budjeti qaytarilishi mumkin

Hukumat ko‘nmasa, Davlat budjeti qaytarilishi mumkin

Foto: norma.uz

Ayni kunlarda Qonunchilik palatasida 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi deputatlar muhokamasidan o‘tmoqda, deb yozmoqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev.

«Bu safar Davlat budjeti qonun sifatida qabul qilinadi.

Ta’kidlash joizki, budjet loyihasiga deputatlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ustida Hukumat bilan muzokaralar olib borilayapti.

Masalan, hamkasbimiz Abdurashid Abduqodirov hukumatdan barcha o‘rta ta’lim maktablariga yetarli miqdorda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash va eskirgan o‘quv uskunalarini almashtirish bo‘yicha mablag‘larni ko‘paytirishni talab qilmoqda.

Kamina o‘z o‘rnida saylovoldi dasturdagi rejamdan kelib chiqib, barcha ta’lim muassasalarini optik tolali internet bilan ta’minlash uchun yetarli mablag‘ ko‘zda tutilishini, shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolarning ko‘chmas mulklari buzilishi natijasida hamon qoplab berilmagan kompensatsiya pullarini markaziy budjet hisobidan bo‘lsa ham to‘lab berish uchun alohida mablag‘ ajratilishini so‘ramoqdaman.

Shuningdek, deputatlar tibbiyot, qurilish, transport, soliqqa tortish bilan bog‘liq masalalarda budjet loyihasini «korrektirovka» qilishmoqda. Hukumat ko‘nmasa, loyiha o‘tmasligi ham mumkin, bu bor gap. Har qalay o‘tgan yillardagi usullar yaxshigina saboq bo‘lgan bizga.

Agar hammasi joyida bo‘lsa, payshanba kuni, 21-noyabrda deputatlar yalpi majlisda 2020-yil uchun Davlat budjetini qabul qilishlari mumkin. Ko‘ramiz...», deb yozadi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring