Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi huzurida jamg‘arma tashkil etiladi

Ichki ishlar vazirligi huzurida jamg‘arma tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Transport va turizm ob’yektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4229-son, 06.03.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shaxrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham tatbiq etiladi.

Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi.

Bosh boshqarmaning asosiy vazifasi metropoliten, temir yo‘l va havo-transportida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

2019-yil 1-apreldan:

  • xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari turistlarni avtotransportda kuzatib borish hamda madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish huquqiga ega;
  • transportlarda xavfsiz turizmni ta’minlash transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
  • turizm temir yo‘llarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini joriy etish orqali poyezdlarning o‘zida amalga oshiriladi.

2019-yil 1-apreldan Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jarmg‘arma mablag‘lari xavfsiz turizmini ta’minlash bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek turli ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazish uchun sarflanadi.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida, turistik kompaniyalar tomonidan ichki ishlar organlari bilan SOS signalini yuborish va joylashuvni aniqlash uchun GPS-qurilmalar bilan jihozlangan maxsus bilakuzuklardan foydalanish mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lmagan shaxslar ham qabul qilinishi mumkinligi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring