Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vazirligi qoshida institut tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligi qoshida institut tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi, modellashtirish va simulyasiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etildi.

Malaka oshirish instituti ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlarining malakasini oshirishuvchi ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Malaka oshirish instituti O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining yuridik sohadagi ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha tayyorlangan avtoreferatlarni bir nusxadan bepul oluvchi tashkilot ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutining o‘quv-moddiy texnika bazasini mustahkamlash hamda bino va inoshootlarini kapital ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring