Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar

Foto: «UzNews.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy tizimlaridagi rahbarlik lavozimlarida bir qator tayinlovlar amalga toshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, podpolkovnik Qosimov Fayzulla Faxrillayevich O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, hududiy tizimlarda quyidagi tayinlovlar ro‘y berdi:

— polkovnik Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich — Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— polkovnik Safarov Bahriddin O‘rolovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— polkovnik Hasanov Akil Axatovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i;

— polkovnik Xolov Faxriddin Ilmuradovich — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i;

— podpolkovnik Ahmedjanov Muzaffar Xalmatovich — Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

— podpolkovnik Abdujalilov Tohirjon To‘ychiboyevich — Andijon viloyati Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

— podpolkovnik Yuldashev Akmaljon Foziljonovich — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

— mayor Boltayev Murod Mamarajabovich — Surxondaryo viloyati Angor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring