Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB norozilik bildirish uchun to‘planishga chaqiriq tarqatayotganlarni qidirmoqda

IIBB norozilik bildirish uchun to‘planishga chaqiriq tarqatayotganlarni qidirmoqda

Illyustrativ foto

Yaqinda yengil avtomobillar narxini oshirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqidagi xabar e’lon qilingach, internet tarmog‘ida norozilik bildirish uchun to‘planishga chaqiriqlar tarqamoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

«Hurmatli hamyurtlar! Sizdan ig‘vogarlik chaqiriqlardan ta’sirlanmaslikni va faqatgina qonun doirasida harakat qilishingizni so‘raymiz.

Unutmang, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasiga ko‘ra, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish – bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan (14 316 600 so‘m) sakson baravarigacha (19 088 800 so‘m) miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda mazkur chaqiriqlarni tarqatayotgan shaxsning faol qidiruvi olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring