Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarni inkor etdi

IIBB «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarni inkor etdi

Foto: IIBB

Bir qator saytlar «poytaxt IIBB tomonidan Toshkentda «O‘lmas polk» aksiyasining tashkiliy ishlarida baholi qudrat yordam ko‘rsatishi» to‘g‘risidagi tekshirilmagan ma’lumot tarqatilmoqda.

IIBB matbuot xizmati shuni ma’lum qiladiki, Toshkent shahar IIBB boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq barcha bayramlar vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlaydi.

Yurtimizda 9 may kuni nishonlanadigan xotira va qadrlash kuni rasmiy bayram hisoblanib, bu kunda ham IIBBning shaxsiy tarkibi shahar bo‘ylab xizmat olib boradi. Shu bilan bir qatorda, xotira komplekslarida gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunda IIBB matbuot xizmati hokimiyatning Toshkent shahrida «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ruxsati haqida ma’lumotga ega emas.

15 aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida qabulga «shaxsiy masalalar bo‘yicha» yozilgan Toshkent shahrida yashovchi Timur Ismoilov ushbu aksiya haqidagi savoliga yuqoridagi kabi javob olgan.

Hurmatli OAV xodimlari, uchinchi shaxslardan xabar olgan holatingizda ma’lumotlarni Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmatida aniqlashtiring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring