Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV soxta xabarnoma tarqatgan odamning «iziga tushdi»

IIV soxta xabarnoma tarqatgan odamning «iziga tushdi»

Foto: IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OGOHLANTIRADI!» sarlavhasi bilan tarqatilayotgan e’lon ko‘rinishidagi, bir qancha imlo xatoliklarga ega matn O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmagani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan soxta matnni tarqatayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, matnni tayyorlagan va tarqatgan shaxs xorijdan turib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani aniqlandi.

Hozirgi kunda soxta matnlarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgan boshqa ijtimoiy manbalar ham o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring