Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi IIV media markazi Xitoy tajribasi asosida ishlamoqda (foto)

Navoiydagi IIV media markazi Xitoy tajribasi asosida ishlamoqda (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, yangi ochilgan media markaz boshlig‘i O‘ktam  Usmonovning aytishicha, markaz hozircha  ichki ishlar tizimida  yangi yo‘nalishdir. 

Foto:«Xabar.uz»

Mazkur markazni jihozlash uchun qariyib 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda tasvirga olishdan tortib tayyor ko‘rsatuv holatiga keltirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  Hozirning o‘zida 3 ta loyiha bo‘yicha  ya’ni «Islohot –amalda»,  «Aybdor kim?», «Murojaat va yechim»  ko‘rsatuvlari tayyorlanib, ularni nafaqat mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalarida namoyish etilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida bo‘lgan tashrifi chog‘ida  Media markazga  va  Navoiy shahar 3-ichki ishlar bo‘limidagi «Vaziyatlar markazi»da bo‘lib, faoliyatimiz bilan yaqindan tanishib, zarur ko‘rsatmalar bergandi.

Foto:«Xabar.uz»

«Vaziyatlar markazi» boshlig‘i Abbos Malikovning ta’kidlashicha,  mazkur markazda  42 ta avtomashina davlat  raqamlarini kuzatib turuvchi kameralar ishlab turibdi. Ular yordamida  joriy yilning o‘tgan ikki oyida  yo‘llardagi 936 ta  qoidabuzarliklar aniqlandi. Xitoy tajribasi asosida shaharning turli nuqtalariga 20 dona «Tezkor chaqiruv tugmalari» o‘rnatilgan bo‘lib, ular ham ushbu markazga ulangan. Qolaversa, aholi gavjum nuqtalarda, bozor, yirik savdo shaxobchalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi kameralarni ham «Vaziyatlar markazi» nazorat qilib boradi.

Marusa Xosilova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring