Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIVda yangi tayinlovlar. «Qiynoq ishi» ortidan haydalgan Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rniga yangisi keldi

IIVda yangi tayinlovlar. «Qiynoq ishi» ortidan haydalgan Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rniga yangisi keldi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sh.Nazirov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda IIV xodimlari odam o‘ldirib qo‘ygani uchun ikki podpolkovnik (jumladan, Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i) va bir qator xodimlar ishdan bo‘shatilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, IIVning tayinloviga ko‘ra:

Podpolkovnik Sitmuratov Usmanjan Tengelovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Sitmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Jabborov Otabek Kamoliddinovich Namangan viloyati Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O.Jabborov Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Umarov Xondamir Allayorovich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Umarov Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati bataloni komandiri o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Xayitov Rustamjon Turayevich Farg‘ona viloyati Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Xayitov Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring