Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIVning ayrim vazifalari Milliy gvardiyaga beriladi

IIVning ayrim vazifalari Milliy gvardiyaga beriladi

Foto: milliygvardiya.uz

O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligining bir qator vazifalarini Milliy gvardiyaga berish rejalashtirilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Qo‘riqlash» respublika birlashmasi — Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasiga, ichki ishlar organlari huzuridagi texnik qo‘riqlash va harakat qilish punktlari (PTOR) — Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limlarining texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) aylantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida keltirilgan.

Qaror loyihasida Milliy gvardiyaga quyidagi vazifalarni topshirish rejalashtirilgan:

  • surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash —profilaktika muassasalarini qo‘riqlash;
  • diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini qo‘riqlash;
  • teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ob’yektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • «Do‘rmon» milliy bog‘ining xavfsizligini ta’minlash;
  • Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish sohasida ishlash guvohnomasini berish. 

Ma’lumot uchun, Milliy gvardiya 2017-yil avgustida Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan edi. Joriy yil yanvarida Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIVdan Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring