Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-iyun kuni «Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonga imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi ilg‘or xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida bir oy muddatda asosiy kasalliklarning diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollari qayta ko‘rib chiqilishini hamda har chorakda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

2018-yil 20-iyulga qadar muddatda tanqidiy o‘rganish o‘tkazilib, yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi belgilanadi.

Bosh prokuratura 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda qo‘llashga taqiq mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilib, bunday taqiqlarni joriy etishning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida ular kelgusida qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018-yil 20-iyulga qadar muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shadmanov zimmasiga yuklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring