Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va o‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va o‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasining birinchi qismiga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (www.regulation.uz) joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.

Adliya vazirligi tahlillariga ko‘ra, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari o‘zlarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari ish beruvchining budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring