Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki familiyadoshga bitta jarima(mi)?

Ikki familiyadoshga bitta jarima(mi)?

Foto:«Sputnik»

Uchko‘prik tumani Mullazoir qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O‘rinboy Madaliyev «Otangga bor, onangga bor» qabilida ish tutayotgan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan sarson bo‘lishdan charchaganligi sababli tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yozma shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Arizada keltirilishicha, 2016-yil 27-sentyabrda arizachi O‘. Madaliyevning qo‘shnisi, familiyadoshi N. Madaliyevga elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi sababli tuzilgan dalolatnoma O‘. Madaliyevga hisoblangan. Shu boisdan fuqaro O‘. Madaliyevning elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi oshib ketgan.

2018-yil 24-oktyabr kuni MIB xodimlari O‘rinboy Madaliyev xonadonini elektr tarmog‘idan uzib, dalolatnoma yozib ketishadi va shu kundan boshlab oila elektr energiyasisiz qolib ketadi.

Ariza soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi. Natijada O‘.Madaliyev xonadonidagi elektr hisoblagichi mansublik chegarasiga chiqarilganligi, hisoblagich tarmoqdan uzilib, muhrlanganligi aniqlandi. Shuningdek, tuman elektr ta’minoti korxonasi 2 631 138 so‘m jarima hisoblagan. Ushbu holat bo‘yicha iste’molchiga yana bir bor – uch oy vaqt oralig‘ida 2016-yil 20-dekabr kuni dalolatnoma tuzilib, 137 520 so‘m jarima hisoblanganligi aniqlandi. Elektr ta’minoti korxonasidan har ikkala dalolatnoma so‘ralganda, ularni taqdim qila olishmadi. N. Madaliyev va M. Madaliyev (O‘. Madaliyevning dadasi)  abonent raqamiga kiritilib, iste’molchilarga qarzdorlik hisoblangan, ya’ni dalolatnoma har ikkala abonentga kiritilganligi, natijada M. Madaliyevga ham 2016-yil 27-sentyabrda 2 631 138 so‘m jarima hisoblanib abonent raqamiga kiritilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan arizachi O‘. Madaliyevga iste’molchilik haq-huquqlari tushuntirilib, ariza bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar ta’minotchi korxona tomonidan fuqarolik sudiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring