Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat tarixida eng issiq ob-havo rekordi qayd etildi

Insoniyat tarixida eng issiq ob-havo rekordi qayd etildi

Foto: «Globallookpress.com»

BMTning butun dunyo meteorologiya tashkiloti tomonidan xabar qilinishicha, 2019 yil eng issiq yillardan biri bo‘ladi. 2015 yildan to 2019 yilga qadar bo‘lgan besh yillik muddat esa ob-havo o‘zgarishlari kuzatilgan yillar davomida eng jaziramasi bo‘ladi.

Hozircha Yevropadagi me’yordan ortiq issiq ob-havoning sababi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqligi haqida gapirishga erta. Ammo mintaqada 40 gradusdan yuqori ob-havo kuzatilishi holatlari yil o‘tgani sari ko‘proq bo‘lishi aytilmoqda.

2019 yilda Yevropada ro‘y berayotgan jaziramaning sababi yuqori bosimga ega ikki hudud bilan bog‘liq. Grenlandiya yaqinidagi va shimoli-markaziy Yevropadagi yuqori bosimli hududlar ob-havoni sovutishi lozim bo‘lgan siklonni to‘sib qolmoqda. Aksincha, Ispaniya va Afrika cho‘llaridan Yevropaga issiq havo kirib kelmoqda.

Olimlar bunday ob-havo yuzlab va hatto minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lishidan havotir olmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda 2003 yilgi jaziramada Yevropada 70 ming odam vafot etgan. O‘tgan yilning yozida esa Germaniyada kamida 1000 kishi vafot etgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring