Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram»da qayta tanlov o‘tkazilmaydi. Noutbuk burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasiga beriladi

«Instagram»da qayta tanlov o‘tkazilmaydi. Noutbuk burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasiga beriladi

O‘zbekiston harbiylari dala-o‘quv mashg‘ulotida.

Foto: «Mv-vatanparvar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazayotgan tanlovimizning «Instagram»da o‘tkazilayotgan 5-yo‘nalishida ba’zi ishtirokchilar tomonidan g‘irromliklar kuzatilgani, aksariyat ishtirokchilarning natijalariga spam aralashgani, tanlovda halol qatnashayotganlarni aniqlashning imkoni bo‘lmay qolgani uchun qayd etilgan natijalarni bekor qilganimiz haqida xabar bergan edik.

Biroq avval ma’lum qilganimizdek, homiylar tomonidan taqdim etilgan 5-noutbuk uchun boshqa bir tanlov tashkil etilmaydigan bo‘ldi. Bu safar ham g‘irromlik va qing‘irliklar bo‘lishi, natijalarga spam aralashishi mumkinligini inobatga olib, sovrinni zimmasidagi burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatning oilasiga taqdim etishga qaror qilindi. Sovg‘a  Mudofaa vazirligi tavsiya etgan oilaga beriladi. Zero, sarhadlarimiz daxlsizligi yo‘lida aziz jonini qurbon qilgan harbiylarimizning jasoratini har qancha qadrlasak arziydi. O‘ylaymizki, o‘quvchilarimiz va tanlovimiz ishtirokchilarilari ham bizni to‘g‘ri tushunishadi hamda qarorimizga hurmat ko‘rsatishadi. 

Ertaga otasi harbiy burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining farzandlariga noutbukni topshirib kelamiz. Jarayondan foto va videoreportaj shaklida o‘quvchilar hukmiga havola etiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, tanlovning 2-yo‘nalishi g‘olibi bugun e’lon qilindi. «Twitter»da o‘tkazilgan mazkur tanlovda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi.  

Qolgan 3 ta yo‘nalish g‘oliblari esa 18-yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi. Ishtirokchilaridan halol bo‘lishni, shartlarimizga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz. Aks holda ishtiroklari hisobga olinmaydi.

Xabarlarimizni kuzatib boring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring