Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishonchnoma bekor qilinishi, yangi portal tashkil etilishi mumkin

Ishonchnoma bekor qilinishi, yangi portal tashkil etilishi mumkin

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada ayrim harakatlar uchun notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan talablarni bekor qilish masalasi ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, yaqin qarindoshlar o‘rtasida mol-mulkdan foydalanish uchun notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishonchnoma bekor qilinishi taklif qilinmoqda.

Shuningdek, loyihada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan «Advice.uz» interaktiv axborot portalini tashkil etish ham o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring