Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan namanganlik onaxonga oziq-ovqat, tovuqxona va ellikta tovuq berildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan namanganlik onaxonga oziq-ovqat, tovuqxona va ellikta tovuq berildi

Foto: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov vodiyga tashrif buyurdi. U Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash borasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, Namangan viloyatiga safari chog‘ida J.SarimsoqovChust tumaniga tashrif buyurgan. Federatsiya raisi Chust tumaniga tashrifi doirasida Do‘stlik MFYda istiqomat qiluvchi 68 yoshli Hoshimova Sabohat ayaning ahvolidan xabar oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sabohat onaning oilasi mahallada kam ta’minlanganlar ro‘yxatida tursada, mahalla rahbariyati uning ahvolidan biror marta xabar olmagan. Qaytanga, Sabohat ona qaromog‘idagi vafot etgan qizining o‘g‘liga nafaqa puli so‘rab borganida turli bahonalarni ro‘kach qilib, nafaqa puli tayinlamagan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov tomonidan Sabohat ayaga ro‘zg‘or uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari, oila budjetiga ko‘mak berishi uchun tovuqxona va ellik dona tovuq taqdim etildi. Shuningdek, Federatsiyaning Chust tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Hoshimova Sabohat ayadan doimiy xabar olib turishni tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring