Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik dizaynerning qimmat poyabzallari sotuvga chiqarildi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi

Italiyalik dizaynerning qimmat poyabzallari sotuvga chiqarildi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi

Foto: @glamour.boutique

Italiyalik dizayner Stefano Richchi tomonidan yaratilgan oyoq kiyimlarda O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan. Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari – bayroq va gerbga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi, deya bayonot berdi Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

«O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga egadir. Davlat ramzlarining mavjudligi O‘zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo‘lib, ularni har qanday yo‘l bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi «Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunining 51-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas», — deyiladi bayonotda.

Foto: @glamour.boutique

Stefano Richchi yaratgan kolleksiyasidagi emblemali oq krossovka 18 000 000 so‘mdan, ko‘k rangdagi zamsh krossovka esa 24 000 000 so‘mdan sotuvga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring