Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iyulning so‘nggi kunida kutiladigan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Iyulning so‘nggi kunida kutiladigan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni 33-38° atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtimizda quyoshli ob-havo bo‘ladi. Havo 35-37° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘izistonga tutash hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 31-iyul kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring