Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bahslashgan tadbirkorlar faoliyatini soliq organlari o‘rganishni boshladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bahslashgan tadbirkorlar faoliyatini soliq organlari o‘rganishni boshladi

Foto: «Kun.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev va quruvchi Aziz Zokirov faoliyatini o‘rganishni boshladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatida xabar qildi.

Shu yilning 27-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida yakka tartibdagi uy-joylar sifatida rasmiylashtirilgan ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uy quruvchilari tomonidan soliq qonunchiligi buzilganini ta’kidladi.

Shahar ma’muriyati vakillari qayd etishicha, tadbirkorlar oldi-sotdi shartnomalarida uy-joy narxini arzon ko‘rsatgan, firmani rasmiylashtirmasdan, kassa apparatisiz ishlagan, yuzlab kishilarni noqonuniy tarzda ishlatgan, hamda soliq to‘lashdan qochishda ayblangan.

Davlat soliq organlari mazkur vaziyatni o‘rganishni boshlagan. O‘rganish natijalari keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi, deyiladi DSQ matbuot matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomi tilga olingan tadbirkorlar Toshkent shahri hokimini shahardagi qurilish bozorini «monopoliyaga aylantirish»da, arzon uy qurayotgan tadbirkorni «qurilish bozoridan siqib chiqarish»da ayblagandi. Bu haqda mahalliy va xorij ommaviy axborot vositalarida yoritildi.

So‘ng Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini, OAV oldida oshkora gaplashib, muammoni hal etishga tayyorligini bildirdi. «Kun.uz»ning yozishicha, 27-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida hokim va tadbirkorlar jurnalistlar qarshisida, keyin alohida yuzma-yuz suhbatlashdi. O‘sha uchrashuvda uy quruvchilarining soliq qonunchiligi buzgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring